Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UzAuto Motors avtomobillari aksiz solig‘idan ozod qilinadi
19.07.2019 11:07,  
85

2019 yil 1 oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha UzAutoMotors AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig‘i bekor qilinadi.

Bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan18 iyul kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlanish bo‘yicha qo‘shicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorida ko‘zda tutilgan.

Qaror bilan yangi tartib o‘rnatiladi:

a) 2020 yil 1 yanvargacha “O‘zavtosanoat” AJ davlat mahsulotlarini (ishlarini, xizmatlarini) sotish bo‘yicha texnik topshiriqlarni va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” Davlat unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan tashkilotlarni tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

b) UzAutoMotors AJning 2019 yilning 1 oktyabridan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha avtomobillariga aksiz solig‘i bekor qilinadi;

v) 2019 yilning 1 oktyabridan milliy ishlab chiqaruvchilarning yangi avtotransport vositasini xarid qilganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан