Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga katta miqdorda pul mukofotlari topshirildi
27.08.2020 15:12,  
388

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 27 avgust kuni Xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilda masofaviy tarzda o‘tkazilgan xalqaro kimyo va biologiya fan olimpiadalarida ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qildi.

Xususan, 25 iyul kuni masofaviy tarzda o‘tkazilgan nufuzli 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida dunyoning 60 davlatidan jami 235 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Ushbu olimpiadada 4 nafar iqtidorli o‘quvchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

24 avgust kuni masofaviy tarzda o‘tkazilgan, dunyoning 52 davlatidan jami 262 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etgan 31-Xalqaro biologiya olimpiadasida yurtimiz sharafini 4 nafar iqtidorli o‘quvchi himoya qilib, 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin (oltin medal) uchun — o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 (111 mln 500 ming so‘m) baravari,
    • o‘qituvchisiga — 450 baravari (100 mln 350 ming so‘m) miqdorida;
  • 2-o‘rin (kumush medal) uchun — o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 (66 mln 900 ming so‘m) baravari,
    • o‘qituvchisiga — 250 baravari (55 mln 750 ming so‘m) miqdorida;
  • 3-o‘rin (bronza medal) uchun — o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 (44 mln 600 ming so‘m),
    • o‘qituvchisiga — 150 baravari (33 mln 450 ming so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofotlari belgilangan.

Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun direktor jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishlicha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, joriy yilning sentyabr oyida ham O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Xalqaro matematika va Xalqaro informatika olimpiadalarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun:

  • 2019 yilda o‘quvchilarimiz tomonidan nufuzli Xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan, ularga va ularning o‘qituvchilariga jami 714 million so‘m pul mukofoti topshirilgan.
  • Nufuzli xalqaro olimpiadalarda medal bilan taqdirlangan o‘quvchilar Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан