Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyda ishlab chiqarishni qayta tiklash qiyinligi e’lon qilindi
14.03.2020 17:32,  
1320

Dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning murakkablashishi Xitoyda ishlab chiqarishni qayta tiklash uchun ko‘plab noaniqliklar tug‘dirmoqda. Bu haqda Xitoyning sanoat va axborotlashtirish vazirining o‘rinbosari Sin Gobin xabar berdi deb yozmoqda RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xubey provinsiyasi (markazi Uxan shahri)dan tashqari mamlakatning barcha hududlarida yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 95 foizdan oshadi, o‘rtacha hisobda, korxona ishchilarining qariyb 80 foizi allaqachon ish joylariga qaytgan; o‘rta va kichik korxonalarning foydalanish darajasi 60% ga yetdi.

"Shu bilan birga, epidemiyaning dunyo bo‘ylab tarqalishi Xitoyda ish va ishlab chiqarishni qayta boshlash uchun katta noaniqliklar keltirib chiqarmoqda", — dedi amaldor.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoydagi korxonalar xodimlarni tashish (logistika), pul mablag‘lari, epidemiyaga qarshi mablag‘lar yetishmasligi, turli darajadagi ishlab chiqarishni tiklash sur’atlari va ishlab chiqarish zanjirlarining past samaradorligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishmoqda.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy ma’murlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismidagi Uxan shahrida pnevmoniya kasalligi haqida ma’lum qildi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus edi.

Xitoyda yangi koronavirus qurbonlari soni 3169 kishiga yetdi, deyarli 62,8 ming kishi tuzaldi. Sog‘liqni saqlash bo‘yicha davlat qo‘mitasi mamlakatda epidemiyaning eng yuqori cho‘qqisi o‘tganini aytdi.

11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Dunyoning 125 mamlakatida 120 mingga yaqin odam yuqumli kasallikka duchor bo‘lgan, ularning aksariyati tuzalib ketgan, 4 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Mavzuga doir: Hindiston Markaziy Osiyo uchun Xitoyning muqobili bo‘lishi mumkin

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан