Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoydagi sahro yashil vohaga aylandi (video)
19.05.2020 14:47,  
1418

Xitoydagi eng yirik to‘rtta cho‘lning biri Mu-Us sahrosi mamlakat shimoli-g‘arbidagi Shensi viloyati xaritasidan "yo‘qolib qoldi". Chunki sho‘r bosgan yerlarning 93,24 foizi vohaga aylandi deb yozmoqda "Populyarnaya mexanika".

Cho‘l 42,2 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan. Ilgari, bu daraxtsiz va dehqonchiliksiz jonsiz yer edi. Mu-Usdan kelgan shamol va qum bo‘ronlari tufayli cho‘l chetida joylashgan Yuylin shahri uch marta janubga ko‘chirilgan.

 1959 yildan boshlab mahalliy aholi qum bo‘ronlarining oldini olish uchun daraxtlar eka boshlagan. Uzoq muddatli sa’y-harakatlar yashil hududni shimolga 400 kilometrgacha kengaytirdi.

"Biz xaritada cho‘l yo‘qoldi deb aytganda, bu bo‘sh yer yo‘qolgan degan ma’noni anglatadi. Agar biz sa’y-harakatlarimizni davom ettirsak, qolgan 30 ming gektar yerdagi qumliklar ham yo‘q bo‘lib ketadi", - deya izoh berdi Shensi viloyati o‘rmon byurosi rahbari Dan Shuanjen.

1950-yillarda Yuylin shahrida o‘rmon qoplamasi bor-yo‘g‘i 0,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir u 33 foizga yetdi.

Endi mahalliy aholi COVID-19 pandemiyasi tufayli yo‘qotilgan vaqtni qoplash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. May oyining oxiriga qadar 400 gektar qumli yerga daraxt ekiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан