Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyga koronavirus bilan bog‘liq yana bir ayblov qo‘yildi
4.05.2020 18:15,  
1328

Deyarli bir oy davomida Xitoy Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan koronavirusning xavfli va yuqumli ekanini va Xitoyda tarqalish ko‘lamiga oid ma’lumotlarni yashirgan. Bu haqda AP agentligi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi (DHS)ga tayanib xabar bermoqda.

Maxsus xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy 95 % ehtimol bilan tibbiy niqoblar, xalatlar va qo‘lqoplarni sotib olish va sotishda me’yordan chetga chiqqan.

Bu AQSh rasmiylarining Xitoyga koronavirus bilan bog‘liq birinchi ayblovi emas. Aprel oyi o‘rtalarida Fox News koronavirus - Xitoy laboratoriyalaridan birida yaratilgani hamda birinchi bo‘lib laboratoriya xodimi tomonidan yuqtirilganini xabar qilgan edi. Ushbu xabar AQSh Davlat departamentining Razvedka va tadqiqotlar byurosi tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsada, Tramp bu versiyani tasdiqlovchi ma’lumotlarga ega ekanligini ta’kidlab kelmoqda.

Fox News'ga bergan intervyusida prezident Tramp Xitoy rasmiylarining xatti-harakatlarini ular yashirishga harakat qilgan "dahshatli xato" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, XXRning eng yomon qarori hukumatning "Xitoyga kirishini taqiqlagan, ammo AQSh va butun dunyoga chiqishni taqiqlamagan" edi.

Virusning sun’iy ravishda yaratilishi haqidagi versiya boshqa mamlakatlarning maxsus xizmatlari tomonidan ham ko‘rib chiqilmoqda, deb yozadi The Daily Telegraph AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarining qo‘shma hisobotida.

Nashrga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hukumati virusni sun’iy ravishda yaratish dalillarini yo‘q qilishga buyruq bergan va uni tashqi tomondan yashirgan. Xitoy tomoni ushbu versiya allaqachon rad etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан