Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xotin-qizlar qo‘mitasining kafolati bilan 10 nafar ayol jazodan muddatidan oldin ozod qilindi
23.08.2019 11:21,  
33

O‘zbekiston Oliy sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida jazoni o‘tash muassasasida jazo o‘tayotgan 11 nafar ayolning nazorat tartibida bergan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi, deya xabar qildi Oliy sud matbuot xizmati.

Oliy sud raisining o‘rinbosari X. Yodgorov raisligida o‘tgan ochiq sud majlislarida har bir ayolning nazorat tartibida bergan arizasi qonun doirasida batafsil ko‘rib chiqildi. Mahkuma ayollarning jazoning asosiy qismini o‘tagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jazoni o‘tash jarayonida o‘zini ijobiy jihatlarini namoyon etib, muassasa rahbariyatining tashakkurnomasini olgani e’tiborga olindi.

Sud ajrimi bilan sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoning asosiy qismini o‘tagani, qilmishiga iqror va pushaymon bo‘lgani, yoshi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining kafolati xati inobatga olinib, 10 nafar ayol jazodan muddatidan oldin ozod qilinib oilasi bag‘riga qaytarildi. Bir nafar mahkuma ayolning jazo muddati qisqartirildi.

2018 yil 20 iyulda O‘zbekiston Oliy sudi va Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan Memorandum doirasida joriy yilning o‘tgan olti oyida jazoni o‘tash muassasalarida jazo o‘tayotgan 227 nafar ayolning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi, 51 nafar ayol jazoni o‘tashdan shartli ozod qilindi, 131 nafar ayolga Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligi asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан