Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 10 ta hududda 232 kishidan koronavirus aniqlandi – O‘zbekston SSV
22.09.2020 10:19,  
238

2020 yil 22 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 491 (+232) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Namangan viloyatida, 61 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 9 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor (erkak va ayol) vafot etdi.  Ayni paytda yurtimizda 48 606 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 445 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан