Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 5 hududda 265 kishidan koronavirus aniqlandi – O‘zbekiston
1.08.2020 17:11,  
625

2020 yil 1 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24 569 (+265) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 137 nafari Toshkent viloyatida, 100 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Surxondaryo hamda 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 184 nafar, Toshkent shahrida 170 nafar, Buxoro viloyatida 62 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 452 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 14 916 (+452) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 508 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан