Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni 758 kishiga yetdi
23.02.2020 14:11,  
54

Yaponiyada yana 15 kishida koronavirus qayd etildi. Ularning aksariyati mamlakat shimolidagi Xokkaydo orolida yashaydi deb xabar qiladi RIA Novosti.

Hozirda virus bilan kasallanganlar soni 758 kishiga yetdi. Mamlakat ichida eng ko‘p kasallanganlar Tokio (29 kishi), Xokkaydo (16 kishi) hamda Vakayama viloyati (13 kishi)da aniqlangan. Umuman olganda mamlakat ichkarisida 135 ta holat qayd etilgan.

Koronavirusni yuqtirib olgan yana 634 kishi Yokogama porti (Yaponiya)da turgan Diamond Pricess kemasi yo‘lovchilari yoki ekipaj a’zolari hisoblanadi.

Juma kuni yapon hukumati ikki haftalik karantindan so‘ng kemadan yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishning birinchi bosqichini yakunladi. 970 nafar yo‘lovchi kemadan olib chiqildi. Hozirda yana 1,2 ming kishi laynerda qolgan.

Shanba kuni yana 100 ga yaqin kishi Saytama viloyatidagi o‘quv muassasasi yotoqxonasiga joylashtirilgan. Ular bir necha kun karantinda bo‘lishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан