Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yaponiyada sog‘lom uyqu uchun xodimlarga qo‘shimcha maosh to‘lash boshlandi
23.10.2018 19:22,  
28

Yaponiyadagi Crazy nomli kompaniya sog‘lom uyqu uchun xodimlarga qo‘shimcha maosh to‘lashga qaror qildi. 

“Tizim shunday tuzilganki, xodim haftaning besh kuni davomida kuniga olti soatdan ko‘proq vaqt uxlasa kompaniya unga to‘lov to‘laydi. Bir bal bir iyenga teng. Besh kunlik to‘liq uyqu uchun xodim 500 ball oladi, 6 kun uchun – 600 ball yoki iyen. Agar hafta davomida u kuniga olti soatdan ko‘p vaqt uxlasa - birdagiga 1000 ball oladi. Bir oy davomida sog‘lom uyqu tizimiga rioya qilgan xodimlarga 100 iyen miqdorida qo‘shimcha bonus to‘lov to‘lanadi. Shu tariqa bir oyda 5000 iyen (50 dollar) atrofida qo‘shimcha maosh ishlab topish mumkin”, - dedi Gorai.

Crazy kompaniyasi 2012 yilda tashkil topgan. U to‘y marosimlarini o‘tkazishga ixtisoslashgan.

Xodimlar sog‘lig‘ini ximoya qilish kompaniyaning asosiy tamoyili bo‘lib qoldi.

“Birinchi navbatda xodimlarga  bepul tushlik yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun taom pishirish uchun maxsus jamoa tuzildi. Bu jamoa sog‘lom taom pishirish bo‘yicha ish olib boradi. Bizda ovqatlanish, dam olish va harakatlanish zarurligidan kelib chiqiladi. Hozir bir ikkinchi bosqichga o‘tdik – xodimlarning xordiq chiqarishlarini qo‘llab-quvvatlash. Kompaniyaning birinchi navbatdagi istiqbolida sog‘liq, ikkinchi o‘rinda – ish joyida o‘zaro munosabat, uchinchi o‘rinda – ish mazmunli bo‘lishi kerak, to‘rtinchi o‘rinda – halol iqtisodiy faoliyat”, - deb ta’kidladi kompaniya xodimi.

Hozirgi vaqtda sog‘lom uyqu uchun olingan ballarni kafe va oshxonamizda xarid qilish mumkin.

“Qo‘shimcha ballar uchun korporativ kafe va oshxonamizda turli pishiriqlar, yengil taom yoki notushta xarid qilish mumkin”, - deb qo‘shimcha qildi Goray.

Kompaniya tizimi mobil dastur asosida ishlaydi. Dastur inson harakatini qayd etib boradi. Agar xodim uxlamasdan tinch yotsa ham uyqu sifatida inobatga olinadi. Ushbu dastur uyqu darajasini ham aniqlay oladi. Barcha ma’lumotlar kompaniyaning boshqaruv markaziga yuboriladi. U yerda hisob-kitob qilinib, ballarga aylantiriladi.

Kitasato universiteti olimlari hisob-kitoblarga qaraganda, Yaponiya iqtisodiyoti har yili uyqusizlik bilan bog‘liq muammolar tufayli 3,5 trillion iyen (taxminan 31 milliard dollar) mablag‘ yo‘qotadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан