Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurakni ezuvchi video. Ona maymun bolasining o‘limiga ishonmadi
29.12.2018 15:21,  
49

Hayvonlar hech narsani tushunmaydilar va ularda his-tuyg‘u yo‘q, deb bo‘lmaydi. Bizning video hayvonlar nafaqat seva olishlari, balki chin dildan g‘ussa chekishlari mumkinligining yorqin dalilidir.

Hindistondagi milliy bog‘da sayyoh qiz makaki urg‘ochisi o‘z bolasining o‘limiga ishonmay, uni ovqatlantirishga urinayotgan sahnani tasvirga tushirdi.

Maymun bolasi 50 darajali issiqdan vafot etadi. Videoda dardu-hasratga to‘la ona o‘z farzandiga termulib turgani aks etgan. Ona maymun zurriyodini bir bag‘riga bosada, bir yuzlarini siypalab, ko‘zlariga termuladi. So‘ngra maymuncha jasadini qo‘lida ko‘tarib yuradi va agar yiqitib qo‘ysa, darhol yerdan ko‘tarib oladi.

Qaysidir payt g‘ussaga cho‘kkan urg‘ochi maymun oldiga erkagi kelib, uni silaydi. O‘z harakatlari bilan ayoliga tasalli berayotganini fahmlash qiyin emas. Bu haqda videoni tasvirga olgan Archna Singx hikoya qiladi.

“Men tasvirga olayotganimda ko‘z yoshlarimni to‘xtata olmadim. Har bir ona uchun farzandini yo‘qotish – bu katta musibat. Bu hayvonlar ham biz kabi hissiyotga beriluvchan ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildim”, - deb yozadi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан