Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurtdoshlarimiz eng ko‘p qaysi davlatlarga ketmoqda?
14.11.2019 11:23,  
973

Avvalroq, 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kirgan va chiqqan fuqarolar bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi hisobot e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, 9 oy davomida yurtimizdan ketgan fuqarolar soni 9 million 771 ming 200 kishini tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan, 9,6 foizga kamaygan.

Chet elga ketganlarning 59 foizi erkaklar, 41 foizini esa ayollar tashkil qilmoqda.

Statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi davomida chet elga chiquvchilarning asosiy qismi - 5 million 527 ming kishi qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida MDH davlatlariga tashrif buyurgan.

2 million 710 ming kishi ishlash maqsadida, 183 ming kishi esa sayyohlik maqsadida MDH davlatlariga borgan.

Uzoq xorijiy davlatlarga 9 oy davomida 463 ming fuqarolarimiz tashrif buyurishgan. Ularning 288 ming nafari sayyohlik maqsadida borgan bo‘lsa, 63,8 ming nafari esa ishlash maqsadida uzoq yurtlarga ketgan.

Ishlash maqsadida ketganlarning 77 foizi erkaklar bo‘lsa, 23 foizini ayollar tashkil qilmoqda.

Xorijga ketga fuqarolarning safar maqsadi va jinsi haqida ushbu diagrammalarda batafsil ko‘rishingiz mumkin.

Chet elga ketganlarning asosiy qismi Qozog‘istonga tashrif buyurgan - 4 million 246 ming kishi. Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari turibdi.

Uzoq xorijga ketganlarning asosiy qismi ham xuddi yurtimizga kelganlarning asosiy qismi kabi Turkiyadan tashrif buyurgan - 168,4 ming kishi.

Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Hindiston va AQSh davlatlari turibdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ketganlarning 59 foizini safar maqsadi qarindoshlarini yo‘qlash bo‘lgan. 28,4 foizi esa ishlash maqsadida, 3 foizi esa doimiy yashash maqsadida uzoq xorij davlatlariga ketgan.

Barcha raqamlar va rasmli diagrammalarda O‘zbekiston davlat Statistika qo‘mitasining hisobotidan foydalanildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан