Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zafar Hoshimov: bizda chakana savdo tarmoqlari ulushi juda past va biz xorijiy raqobatchilardan qo‘rqmaymiz
4.11.2019 17:08,  
345

Korzika.uz savdo do‘konlari tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov Toshkentda o‘z giper va supermarketini ochmoqchiligini ma’lum qilgan Carrefour fransuz brendi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz ularni kutayotgan edik. Carrefour tarmog‘ining O‘zbekistonga kelishi biz uchun juda ko‘p yaxshi yangiliklar va qiziqarli lahzalarni taqdim etadi”, - deydi tadbirkor. Janob Hoshimov ushbu yangilikning bir qator ijobiy jihatlarini keltirib o‘tgan.

"Birinchidan, xalqaro darajadagi bu kabi qatnashchilarning mamlakatimiz chakana savdo tarmog‘iga qiziqish bildirishi bu mamlakatimizda ushbu sohaning rivojlanayotganidan dalolat beradi. Iste’mol bozoriga bunday qiziqish va tan olish ma’lum bir ijobiy tarzda bu sohada lider bo‘lgan Korzinka.uz tarmog‘i kapitalizatsiyasiga ta’sir qiladi", deya qo‘shimcha qiladi u.

"Bozor uchun bu iste’molchilar uchun tovarlarni sotish va reklama qilish, tanlov va xilma-xillikning ko‘payishi uchun yangi formatlar va kanallarning paydo bo‘lishini anglatadi. Bularning barchasi zamonaviy savdo bazasini va mijozlar bazasini kengaytiradi. Bularning barchasi bozorning barcha ishtirokchilariga foyda keltiradi".

Hoshimov biz raqobatdan qo‘rqamizmi deb savol berib, unga yo‘q deya javob qaytaradi va fikrlarini quyidagicha tushintiradi: “30 milliondan ortiq iste’molchisi bor bozor uchun zamonaviy onlayn chakana savdo sektori hali ham rivojlanmagan. Faqatgina poytaxtning o‘zida yalpi iste’mol mahsulotlarining 9 %dan kamrog‘i chakana savdo do‘konlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, mamlakatda bu ko‘rsatkich yanada past. Taqqoslash uchun qo‘shni Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 45 foizdan oshadi, Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 75 foizdan oshdi. Yevropa va AQShda bu ko‘rsatkich 90% ga yaqin. Bizning bozorimizda o‘sishi uchun sharoit bor va bozorning to‘yinishiga hali ancha bor. Hozirda bitta asosiy raqobatchimiz bor – bozor va uyushmagan savdo do‘konlari. Biz yangi raqobatchilarni samimiy kutib olamiz, ayniqsa u keltiradigan vositalar va bilimlarning barcha biz uchun ham foydali bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, Carrefour savdo do‘konlari O‘zbekistonda AKFA Group bilan hamkorlikda ochiladi. Rejada 2020 yilda uchta supermarket va bitta gipermarket, 2021 yilda ikkita supermarket va bitta gipermarket ochilishi ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан