Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy ta’lim muassasalarida “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” yo‘nalishi tugatiladi
17.12.2019 12:02,  
733

Avvalroq, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Loyihada Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” va “Dunyo dinlari tarixi” kabi fanlarni birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich joriy qilinishi aytilgan.

“Tarbiya” fani 1-9-sinflarda 2020-2021 o‘quv yilidan, 10-11-sinflarida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

Loyihaga muvofiq, 2020-2021 o‘quv yilidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi o‘rniga “Tarbiya va huquq ta’limi” yo‘nalishini ochiladi.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra oliy ta’lim muassasalaridagi “Boshlang‘ich ta’lim”, “Tarix”, “O‘zbek filologiyasi”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq”, “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchi kurslarining o‘quv reja, dastur va malaka talablari “Tarbiya” fanini o‘qitishi mumkin bo‘ladi.

Mazkur loyiha bilan quyidagi manzil orqali tanishib, taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

https://regulation.gov.uz/uz/document/11181

Qaror loyihasi 2019 yilning 29 dekabriga qadar muhokama qilinadi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан