Индонезия қирғоқларида юз берган кучли зилзила оқибатида камида 54 киши ҳалок бўлиб, ўнлаб инсон жароҳат олган. 6,4 магнитудали ер силкиниши чоршанба куни юз берди. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq tabiiy ofat qurbonlari 20 kishini tashkil qilgani haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 5:03 da sodir bo‘ldi. Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik stansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi epitsentri Banda-Achex shahridan 92 kilometr sharqda, uning o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.