Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ronaldu Nike bilan 1 mlrd dollarlik umrbod shartnoma imzoladi
11.11.2016 14:10,  
32

Amerikaning sport liboslari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan umrbod shartnoma imzoladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kompaniya va Portugaliya terma jamoasi sardori o‘rtasida imzolangan shartnomaning umumiy summasi 1 milliard dollarni tashkil qiladi.

31 yoshli Ronaldu 2003 yildan beri Nike kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu bilan Krishtianu xuddi shunday ko‘rinishdagi shartnomaga imzo chekkan to‘rtinchi sportchiga aylandi.

Ronalduga qadar Nike kompaniyasi basketbol afsonalari Maykl Jordan va Lebron Jeyms, shuningdek, braziliyalik futbolchi Ronaldo bilan ham xuddi shunday ko‘rinishdagi shartnoma imzolagandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан