Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp bir dollar maosh olib ishlashga rozilik bildirdi
14.11.2016 09:12,  
3

AQShning yaqinda saylangan prezidenti Donald Tramp maosh olib ishlamoqchi emas. CBS telekanalidagi “60 daqiqa” dasturida Trampdan yangi lavozimda maosh olish-olmasligi bilan qiziqishdi.

“Mening javobim – yo‘q. O‘ylaymanki, qonunga ko‘ra (hech bo‘lmaganda) 1 dollar maosh olishim kerak, shunday ekan, 1 dollardan olaman”, dedi Tramp.

AQSh prezidentining moyanasi yiliga 400 ming dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari yiliga shaxsiy xarajatlari uchun 50 ming dollarni sarflashi mumkin. Safarlariga to‘lov jamg‘armasidan 100 ming dollar ajratiladi. Qolaversa ko‘ngilochar xarajatlar uchun 19 ming dollar sarflay oladi.

Ta’kidlash kerakki, Tramp omadli biznesmenlardan sanaladi. Forbes jurnali yozishicha, u 3,7 mlrd dollar boylikka ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан