Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro viloyatida yangi gaz koni topildi
25.09.2018 11:10,  
147

Buxoro viloyati Qoroko‘l tumanidagi izlov-qidiruv qudug‘idan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi, deb xabar qilmoqda "Daryo", Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi vakiliga asosan. 

"Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan "Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi" MChJ tomonidan Buxoro viloyati Qoroko‘l tumani hududiga qarashli "Andakli 1" izlov-qidiruv qudug‘idan burg‘ilash ishlari olib borilishi jarayonida mahsuldor qatlamda ochiq o‘zanda sinov ishlari olib borilib sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi.

"Andakli 1" izlov-qidiruv qudug‘i kon deb e’lon qilindi. Endilikda bu maydonda izlov-qidiruv ishlari jadallik bilan olib boriladi», — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning eng yirik Kandim, Xauzak Shodi gaz konlari ham Buxoro viloyati hududida joylashgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан