Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda havo harorati juda ham keskin darajada ko‘tarilishi aytilmoqda
10.05.2018 15:41,  
10

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 11 may kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkentda havo harorati kechasi +21...+23, kunduzi +35...+37 daraja issiq bo‘lib, shamol tezligi 7-12 m/s ga yetishi mumkin.

Farg‘ona vodiysida kechasi +17...+22, kunduzi +32...+37 daraja issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +32...+37 daraja issiq bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/s ga yetishi kutiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi +20...+25, kunduzi +33...+38 daraja issiq bo‘ladi. 15-20 m/s tezlikda shamol esib, qisqa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 daraja issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +27...+32 daraja issiq bo‘lib, 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан