Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






100 ga yaqin abituriyent tana harorati baland bo‘lganligi sababli test sinovlariga kiritilmadi
14.09.2020 16:10,  
74

Test sinovlari 2 sentyabrdan boshlandi va kuniga 2 marta, havo salqin paytda o‘tkazildi. Bu haqda DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda o‘tkazilayotgan brifingda ma’lum qildi.

Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 1 mln 304 ming 194 nafar abituriyentdan 1 mln 240 ming 614 nafari (95,1 %) ishtirok etdi. 63 ming 580 nafari esa (4,9 %) turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi. Jami 1 187 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlaridan chetlatildi. Shundan 548 nafari hududga kirishda, 639 nafari esa test sinovi jarayonida aniqlangan.

Shuningdek, test sinovlariga 90 nafar abituriyent tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo‘lganligi sababli dalolatnoma tuzilib, kiritilmadi.

Davlat komissiyasining 2020 yil 19 iyundagi 1-son bayoniga muvofiq, 17 sentyabr kuni tana harorati 37⁰C dan yuqori bo‘lgan, test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tayyorlangan stadion va xiyobonlarda qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан