Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






100 ga yaqin kongressmen talabalar vizalarini bekor qilmaslikni talab qilmoqda
10.07.2020 12:14,  
95

AQSh Kongressning yuzga yaqin a’zosi Ichki xavfsizlik vazirligiga talabalar vizasi cheklovlarini olib tashlash taklifi bilan xat yubordi.

Avvalroq, prezident Donald Tramp ma’muriyati koronavirus tufayli darslari onlayn davom etadigan chet ellik talabalar mamlakatdan chiqib ketishi yoki boshqa universitetga kunduzgi o‘qish uchun topshirishlari kerakligini ma’lum qilgan edi. Ko‘plab Amerika universitetlari kuzgi semestrini onlayn ravishda yoki talabalar shaharchasida minimal qatnashish bilan o‘tkazishni rejalashtirmoqdalar.

"AQSh Immigratsiya va bojxona politsiyasining ixtiyoriy siyosati bema’ni va ksenofobikdir. U talabalar, o‘qituvchilar va universitet xodimlarining sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi. Biz taklif qilingan normani darhol rad etishga va barcha o‘quvchilar uchun o‘quv yilining to‘siqsiz boshlanishini ta’minlash uchun universitetlar bilan samarali hamkorlik qilishga chaqiramiz." - deyiladi Kongress a’zolari tomonidan vazirlikka yo’llangan maktubda. Maktub Ellizabet Uorren, Edvard Marki, Djeffri Merkli hamda Richard Blyumental kabi senatorlar tomonidan imzolangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан