Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






100 minglab namoyishchilar, qurollangan Lukashenko: noroziliklarning 15 kuni qanday o‘tdi (fotojamlanma)
24.08.2020 15:48,  
711

Minskda, Hukumat uyi qarshisidagi Mustaqillik maydonida, turli manbalarga ko‘ra, muxolifat mitingiga 50 dan 100 minggacha odam to‘plangan. Avvalroq Belorus poytaxtiga muhim harbiy kuchlar jalb qilingani ma’lum bo‘lgan - Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, yodgorliklar va haykallarni namoyishchilardan himoya qilish maqsadida harbiylar Minskka kelgan. 

OAV Aleksandr Lukashenkoning voqealarga bo‘lgan munosabatini yoritib bordi. Telegramdagi "Pul Pervogo" kanali tomonidan taqdim etilgan videoda prezidentning ish qarorgohiga qo‘ngan vertolyotdan qo‘lida quroli bilan, o‘qdan himoya qiladigan qora nimcha kiygan Lukashenko tushib keldi. Keyin u o‘g‘li Nikolay bilan birga Minskdan vertolyotda uchib, Mustaqillik saroyini o‘rab olish uchun yo‘lga chiqdi va xizmatlari uchun xavfsizlik kuchlariga minnatdorchilik bildirdi.

Dmitriy Lovetskiy/AP

Minskdagi Mustaqillik maydoniga qarab harakatlanayotgan namoyishchilar. 23 avgust, 2020 yil

Yevgeniy Maloletka/AP

Namoyishchilar Minskdagi Hukumat uyi qarshisida to‘plandi. 23 avgust, 2020 yil

Pul Pervogo/Telegram

Zirhli nimcha kiygan va qo‘lida avtomat tutgan Aleksandr Lukashenko o‘z qarorgohiga qarab yo‘l olmoqda. 23 avgust, 2020 yil

Dmitriy Lovetskiy/AP

Minskdagi namoyishlar vaqtida. 23 avgust, 2020 yil

Reuters 

Aleksandr Lukashenkoning vertolyoti qarorgohga yaqinlashmoqda, 23 avgust, 2020 yil

Pul Pervogo/Telegram

Aleksandr Lukashenko Mustaqillik saroyi yaqinidagi askarlar oldiga keldi. 23 avgust, 2020 yil

Dmitriy Lovetskiy/AP

Minskda 9 avgustdagi saylov natijalaridan norozi bo‘lgan namoyishchilar. 23 avgust, 2020 yil 

Pul Pervogo/Telegram

Aleksandr Lukashenko kichik o‘g‘li Nikolay bilan birgalikda Minsk osmonidagi vertolyotda. 23 avgust, 2020 yil

Dmitriy Lovetskiy/AP

Belarusdagi prezidentlik saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan namoyishchilar Hukumat uyi qarshisidagi Mustaqillik maydonida. 23 avgust, 2020 yil

Sergey Grits/AP

Minskda 9 avgustdagi saylov natijalaridan norozi bo‘lgan namoyishchilar. 23 avgust, 2020 yil

 

Belarusdagi namoyishlar va yangiliklarni quyidagi manzil orqali kuzatib borishingiz mumkin. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан