Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






127 mln.lik yer kim oshdi savdolarida qariyb milliard so‘mga sotildi
27.06.2020 19:48,  
644

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi yer E-ijro Auksion savdo platformasi orqali sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Besh soat davom etgan kim oshdi savdosida to‘rtta savdo ishtirokchisi qatnashdi. Auksion mobaynida 135 marta narxlar oshirilgach, 985 million so‘mlik yakuniy narx tasdiqlandi - uni ishtirokchi Rustam Sherjonov taklif qildi. Undan oldingi narx esa "Century Com" MChJ tomonidan taklif etildi - 978,7 million so‘m.

0,8 gektar yer uchastkasi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasini qurish uchun mo‘ljallangan. Hudud yaqinida M-39 avtomobil yo‘lining A-373 qismi (Toshkent-To‘ytepa-Ohangaron-Angren trassasi) o‘tgan.

Shuningdek, g‘olib yil davomida ob’yektga 5 milliard so‘m sarmoya kiritib, 12 ish o‘rni yaratish majburiyatini oldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан