Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2 sentyabrdan maktablar ochiladimi? Xalq ta’limi vazirligi izoh berdi
14.08.2020 15:01,  
3691

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 sentyabrdan maktablar ochilishi haqida xabarlar tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi mas’ul vakilining O‘zAga ma’lum qilishicha, mazkur tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Maktablar qachondan ochilishi hozircha noma’lum. Bu haqdagi tegishli qarorni Maxsus komissiya qabul qiladi.

Avvalroq XTV maktablar ochilishiga oid 3 ta ssenariy ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edi.

XTV pandemiyada maktablardagi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3 ta ssenariy ustida ishlayapti

Bular:

  • Birinchisi, pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilar uchun eng maqbul variant.
  • Ikkinchisi, SSVning O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettiriladi.
  • Uchinchisi, gibrid ssenariyda maktablar ochiladi. Ma’lum hudud va maktabdagi karantin holatidan kelib chiqib ishlanadi. Bunda farzandi salomatligidan xavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon beriladi, ya’ni bolaning maktabga borish-bormasligi ixtiyoriy bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан