Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yil oxirigacha O‘zbekistonga sement olib kirish ta’qiqlandi
23.04.2020 18:11,  
1428

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 23 aprelida qabul qilingan qarorga ko‘ra, 2020 yilning 1 may sanasidan 31 dekabrga qadar tibbiy mahsulotlar xomashyosi eksporti va sement importiga nisbatan vaqtincha cheklov qo‘yiladi.

Ushbu qaror koronavirus pandemiyasi sabab yurtimizdagi ko‘plab qurilish ob’yektlarida ish to‘xtab qolgani va sementga bo‘lgan talab tushib ketgani hamda mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingani ma’lum qilindi.

Tibbiy mahsulotlar xomashyosi eksporti vaqtincha to‘xtatilishi esa ichki bozor talablarini barqaror ta’minlash bilan bog‘liq.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан