Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Adliya vazirligi eksportga to‘siq bo‘layotgan mahalliy rahbarlarni qat’iy ogohlantirdi
28.05.2020 20:56,  
162

Eksport qiluvchilar uchun ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish tashqi iqtisodiy faoliyatni isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, joylardagi holat shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim hududlarda eksport ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida hududdagi rahbarlar eksporterlar oldida sun’iy to‘siqlarni qo‘ymoqda.

"Xususan, mahsulotlarni bir hududdan ikkinchi hududga olib o‘tayotganda mansabdor shaxslar eksporterlarni agar u eksportni ushbu hududdan amalga oshirmasa hudud chegarasidan o‘tkazmayotganligi yoki tadbirkorlik sub’yektlarini eksport qilinayotgan hududda ro‘yxatdan o‘tishini talab qilish holatlari uchramoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining butun hududi o‘zi yaxlit bir bozor hisoblanib, tovarlar va xizmatlarning respublika bo‘yicha erkin harakati bozor iqtisodining eng asosiy tamoyillaridan biridir. Hududlarning eksport ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mamlakatning umumiy ko‘rsatkichiga ta’sir etmaydi.

Yuqorida qayd etilgan sun’iy to‘siqlar amaldagi qonunchilik talablariga ham zid hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari butun respublika bo‘yicha bir xil qo‘llanilishi shart. Eksport/import operatsiyalari Bojxona kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish faqatgina O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq taqiqlanishi mumkin. 

Davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlarning faoliyatiga aralashishga haqli emas. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida (PQ–3978-son, 17.10.2018 y.) hokimlar va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga eksport qiluvchining hududiy mansubligiga qarab to‘sqinlik qilganligi uchun shaxsan javobgarligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi.

Tadbirkorlik faoliyati, xususan eksportni amalga oshirish bilan bog‘liq qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan ortiqcha cheklov va talablar o‘rnatish hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (Jinoyat kodeksining 205-moddasi) yoxud hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (Jinoyat kodeksining 206-moddasi) deb baholanib, bunga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar ushbu qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Yuqorida ko‘rsatilgan holatlarga barham berish maqsadida eksport qilishga to‘sqinlik qilishning har qanday ko‘rinishi holatlari yuzasidan hurmatli tadbirkorlar Adliya vazirligining @tadbirkor_adliyabot telegram botiga yoki «O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi»ga (71-207-00-98) murojaat qilishlarini so‘raymiz", deyiladi Adliya bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан