Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Germaniyadagi qo‘shinlarining bir qismini olib chiqib ketmoqchi
8.06.2020 19:57,  
272

Prezident Donald Tramp AQShning Germaniyadagi qo‘shin sonini kamaytirishni buyurdi. Amerika ovozi nashrining xabar berishicha, kelasi oylar ichida 9500 askar mamlakatdan olib chiqiladi. Hozirda u yerda 34 500 amerikalik harbiy xizmatda.

AQSh rasmiylaridan birining aytishicha, rejani amalga oshirish uchun bir necha oydan beri tayyorgarlik ko‘rilgan. Qaror, deydi u, Prezident Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasidagi taranglikka aloqador emas.

«The Wall Street Journal» gazetasining yozishicha, yangi tartib bo‘yicha AQShning Germaniyadagi doimiy qo‘shinlari soniga 25 minglik limit belgilanadi. Ya’ni ular soni hech bir vaqt shunchadan oshmasligi kerak.

Tramp ma’muriyatidagi yana bir manbaga ko‘ra, Germaniyadan olib chiqilajak 9500 askar boshqa ittifoqchi davlatlarga, jumladan, Polshaga jo‘natiladi. Bir qismi uyga qaytadi. Uning ta’kidlashicha, NATO harbiy alyansiga a’zo davlatlar harbiy byudjetini oshirgani bois Germaniyadagi yirik harbiy kontingentga hojat yo‘q.

Tramp ma’muriyati va Yevropadagi ittifoqchilar uzoq yillik hamkorlik shartnomalari yuzasidan bahslashib keladi. Vashington Germaniyani o‘z mudofaasi uchun yetarlicha mablag‘ sarflamayotganlikda tanqid qiladi.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi so‘zlovchisi Jon Oletga ko‘ra, Tramp oliy qo‘mondon sifatida AQShning xorijdagi kuchlariga muntazam baho berib boradi.

«Qo‘shma Shtatlar yaqin ittifoqchimiz Germaniya bilan mudofaa va boshqa muhim masalalarda o‘zaro hamkorlikka sodiq qoladi», - deydi rasmiy.

Trampning qo‘shin sonini kamaytirish qarorini Germaniyada konservativ siyosatchilar tanqid qilsa, so‘lchilar olqishlamoqda. Polsha esa ko‘proq amerikalik harbiylarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

«NATOga mustahkam sherik ekanimizni ko‘rsatganmiz. Germaniyada joylashgan AQSh qo‘shinlarining bir qismi Polshaga keladi degan umiddaman», - deydi Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан