Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Ozarbayjon va Turkmanistonda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha ogohlantirish darajasini oshirdi
7.03.2020 17:58,  
612

AQSh Davlat departamenti juma kuni Ozarbayjonga safar qiluvchilar uchun ogohlantirish darajasini oshirdi va amerikaliklarga koronavirus tarqalishi va mamlakat hukumati tomonidan ko‘rilayotgan choralar tufayli u yerga safar haqida qaytadan o‘ylab ko‘rishni maslahat berdi.

Davlat departamenti, shuningdek, Turkmanistonga sayohat qilish bo‘yicha ogohlantirish darajasini oshirdi. Bu ham koronavirus bilan bog‘liq.

Ikkala mamlakat ham koronavirus bilan bog‘liq ko‘p holatlar qayd etilmagan, ammo ikkalasi ham Yaqin Sharqdagi koronavirus epidemiyasi markazi Eron bilan chegaradosh.

O‘tgan oy AQSh Davlat departamenti Eronga sayohat qilishga oid shunday ogohlantirish bilan chiqqan edi.

Mavzuga doir: Afg‘onistonda yana uchta koronavirus yuqtirish holati qayd etildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан