Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh O‘zbekistonga koronavirus aniqlanganda ishlatiladigan tibbiy vositalar berdi
22.02.2020 11:16,  
1043

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Vabo, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi markaziga 600 komplekt shaxsiy himoya vositasi yetkazib berdi. Elchixona matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur vositalar koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etildi.

Foto: AQSh elchixonasi

Joriy yil yanvar oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus diagnostikasi uchun shaxsiy himoya vositasi va test-komplekt so‘rab xalqaro donorlarga murojaat qilgan edi. Ushbu so‘rovga javoban, AQShning tahdidlarni kamaytirish agentligi (DTRA) 600 komplekt shaxsiy himoya vositasi uchun mablag‘ ajratdi. Ushbu to‘plam tarkibiga korjoma, yuz niqoblari, plastik niqoblar, N95 respiratorlari va qo‘lqoplar kiradi.

MAVZUGA DOIR: Mayk Pompeo O‘zbekiston koronavirusga qarshi turolmasligini aytdi

Markaz direktori, doktor Saydaliyev O‘zbekiston so‘roviga javoban tezkor amaliy javob qaytargan AQSh hukumatiga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Qayd etilishicha, tibbiy himoya vositalari milliy zaxira sifatida saqlanadi va mamlakatda koronavirus aniqlangan taqdirda ishlatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан