Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Ramzan Qodirovni o‘ziga xos "qora ro‘yxatga" kiritdi
21.12.2017 11:01,  
6

AQSh moliya vazirligi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirovga nisbatan sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qarorga tushuntirish berdi, deb yozadi Russia Today.

Qayd etilishicha, Checheniston rahbariga nisbatan sanksiyalar respublikada inson huquqlarining buzilayotgani sababli joriy etilgan.

«Aslida AQSh hayotimni chet ellik terrorchilarga qarshi kurashga bag‘ishlaganimni kechira olmaydi. Ular orasida Qo‘shma Shtatlar maxsus xizmatlari tarbiyasini olgan mal’unlar ham bor», — deya bunga munosabat bildirdi Qodirov.

Checheniston rahbari «mamlakatning barcha valyuta zaxiralari va’da qilinsa ham AQShga bormasligi», aksincha, «butun dunyoga taniqli amerikaliklar tez-tez uning oldiga kelishi, ayrimlari hatto respublikada yashab qolish istagida ekanligi»ni bildirdi.

Ro‘yxatga jami 5 nafar rossiyalik, jumladan, Ayub Kattayev, Yuliya Mayorova, Andrey Pavlov va Aleksey Sheshenya kiritildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан