Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh uch oyda uch trillion dollar qarz oldi
8.05.2020 09:37,  
433

AQSh Moliya vazirligi apreldan iyun oyigacha bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun qariyb uch trillion dollar ($2,99 trillion) qarz olinishini ma’lum qildi.

Mamlakat 2019 yilda bir yillik jami xarajatlar uchun 1,8 trillion dollar qarz olgan edi. 2020 yilda esa uch oy ichida olingan qarzning o‘zi 3 trillion dollarga yetdi. Bu, albatta, koronavirus pandemiyasi tufayli o‘tirib qolgan iqtisodiyotni qayta oyoqqa turg‘azish uchun sarflanadigan xarajatlar ko‘paygani bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, AQSh qarz mablag‘larini, odatda, obligatsiyalar sotish orqali yig‘adi. AQShning jami milliy qarzi qariyb 25 trillion dollarga yetgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан