Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda haftalik koronavirus qayd etilishi 200 mingga yetishi kutilmoqda - NYT
5.05.2020 12:01,  
306

AQSh Prezidenti ma’muriyati kelgusi bir necha hafta ichida mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi holatlari doimiy ravishda ko‘payishini taxmin qilmoqda. Bu haqda The New York Times ma’muriyat ichki hujjatlariga tayanib xabar beradi.

Favqulodda vaziyatlar federal agentligining (FEMA) modellashtirish ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyunga qadar, AQSh har kuni kasallikning 200 mingga yaqin yangi holatini qayd etadi (hozir 25 mingga yaqin).

Modellashtirish shuni ko‘rsatadiki, iyun oyining boshiga qadar mamlakatda har kuni uch mingga yaqin odam koronavirus tufayli vafot etadi (hozir - kuniga o‘rtacha 1750 kishi).

Rasman taqdim etilgan hisobotda bu ma’lumot tasdiqlanmagan. Prezident ma’muriyati matbuot kotibi Judd Deir NYT'ga "bu Oq uyning hujjati emas" dedi. "Ushbu ma’lumotlar Oq uyning ishchi guruhi tomonidan koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan har qanday modellashtirish yoki ishchi guruh tomonidan tahlil qilingan ma’lumotlar aks ettirmaydi", - dedi u.

AQSh COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha etakchi hisoblanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 1,2 milliondan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, shundan 68 mingi vafot etgan. 

180 ming bemor tuzalib ketgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан