Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShning davlat qarzi rekord darajaga yetdi
2.11.2019 13:49,  
672

AQShning davlat qarzi 23 trillion dollardan oshib, yangi rekordni o‘rnatdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Donald Tramp mamlakat prezidenti lavozimiga kirishganda qarz 20 trillion dollardan kam edi. Ammo, federal byudjet taqchilligi ko‘payishi sababli qarz tez suratlarda o‘sishni boshladi.

2019 yilda defitsit trillion dollarni tashkil qildi. 2017 yilda Tramp va Kongressdagi respublikachilar bilan amalga oshirilgan soliq islohoti o‘n yil ichida byudjet kamomadini ikki trillion dollarga ko‘paytirishi kerak. Shuningdek, Mudofaa xarajatlari ham o‘sishni davom etmoqda – Pentagonning byujdeti yiliga 700 milliard dollarni tashkil etadi.

Qarzning umumiy miqdoridan 17 trillioni fuqarolar va moliya institutlari qo‘lida, qolgan 6 trillion federal hukumatning turli institutlari o‘rtasidagi kreditlarni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан