Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Arab ishbilarmonlari assotsiatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga kelishga tayyorlanmoqda
22.09.2020 15:45,  
112

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasida 30 dan ortiq kompaniyani birlashtirgan Arab ishbilarmonlari assotsiatsiyasi vakillari uchun savdo-iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda «Dunyo» AA muxbiri xabar berdi.

Assotsiatsiya raisi, «El-Gallad Group» mebel kompaniyasining direktori Muhammad al-Galala, uning o‘rinbosarlari - Arab-Afrika iqtisodiy kengashining ijrochi direktori Muhammad Ali va «Al-Sawai» qurilish kompaniyasi rahbari Helad Ash-Shalga O‘zbekistonda soliq va bojxona sohalarida taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, xorijlik tadbirkorlar va investorlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekistonda xorijiy investorlar ishtirokida energetika, infratuzilma ob’yektlarini qurish, qishloq xo‘jaligi, mehmonxona biznesi, to‘qimachilik, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi.

Misrlik investorlar O‘zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatni yuqori baholadi. Ishbilarmonlar mamlakatimizda turli sohalarda loyihalar amalga oshirish, xorij, jumladan MDH davlatlariga tayyor mahsulot eksportini tashkil etishga qiziqish bildirdi.

O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari bilan o‘zaro manfaatli sheriklik o‘rnatish uchun arab ishbilarmonlari mamlakatimizda tashkil etiladigan biznes forumlar, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etish niyatida ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Arab ishbilarmonlari assotsiatsiyasiga a’zo kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyaning joriy yil noyabr oyida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida «V2V» formatida uchrashuvlar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан