Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Argentina tashqi qarz bo‘yicha defolt deb e’lon qilindi
23.05.2020 15:40,  
385

Argentina o‘z tarixida to‘qqizinchi marta tashqi qarz bo‘yicha defolt deb e’lon qilindi. 22 may kuni hukumat chiqargan 3 ta obligatsiyalari uchun $503 mln hajmda foiz to‘lashi kerak edi. Hozirda tashqi qarzni qaytadan shakllantirish (restrukturizatsiya) bo‘yicha kreditorlar bilan muzokaralar boshlangan.

Hukumat obligatsiyalari Nyu-York shtati qonunlari bo‘yicha 2021, 2026 hamda 2046 yillarda so‘ndirilishi kerak edi.

Foizlarning to‘lov muddati 22 aprel edi, ammo Argentina defoltning oldini olish maqsadida bu muddatni yana 30 kunga cho‘zdi. Ushbu davrda hukumat kreditorlar bilan tashqi qarzni qayta tuzish to‘g‘risida 65 milliard dollar miqdorida kelishuvga erishishga umid qildi. Ammo hozirga qadar buning uddasidan chiqa olmadi va muddatni 2 iyunga qadar uzaytirdi. Argentina kelishuvga erishilmaguncha to‘lash niyatida emas.

Bundan oldin Argentina 2014 yilda bankrot deb e’lon qilingan edi. Eng yirik defolt esa 2001 yilda e’lon qilingan. O‘shanda mamlakat tartibsizliklar botqog‘iga tushib qolgan edi va 2016 yilgacha jahon qarz bozorida ishtirok etishdan mahrum qilingandi. Ammo 2017 yilda u kutilmaganda sarmoyadorlar orasida katta qiziqish uyg‘otadigan yuz yillik dollardagi obligatsiyalarni joylashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Nazorat qilinmaydigan defolt bo‘lmaydi

Argentinaning tashqi kreditorlari uning defoltidan keyin zudlik bilan obligatsiyalar so‘ndirilishini talab qilishga, aks holda mamlakatning chet eldagi suveren aktivlarini qo‘lga olish huquqiga ega. Ammo bu amalga oshmaydi, deydi Financial Times, ya’ni defolt keng qamrovli emas, tanlangan bo‘ladi.

"Hech kim muddatidan oldin to‘lash uchun obligatsiyalarni qaytarib bermaydi. Agar Argentinada qo‘lga kiritish uchun biron-bir aktiv bo‘lsa, bu mantiqqa to‘g‘ri keladi. Bunday aktivlar shunchaki yo‘q”, - deydi Argentina obligatsiyalarining egalaridan biri nashrga. 

Hukumatning taklifi qanday

Buenos-Ayres va kreditorlar qayta qurish to‘g‘risida muzokaralar olib borishmoqda.

Argentina hukumati tashqi obligatsiyalar bo‘yicha kupon stavkasini 7 %dan 2,3 %ga pasaytirish hamda uch yillik mobaynida tashqi qarz bo‘yicha har qanday to‘lovlarni amalga oshirishga moratoriy kiritishni taklif qilmoqda. Kreditorlar esa faqatgina bir yil foiz olmaslikka rozi bo‘lishmoqda.

Mamlakatning iqtisodiy holati

Argentina iqtisodiyoti 3 yildan beri retsessiyani boshidan kechirmoqda. 2019 yilda inflyasiya darajasi 54 %da edi, bu yil 40 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Aholining uchdan bir qismi qashshoqlik chegarasida yashaydi. May oyida argentinalik sarmoyadorlar defoltni kutib, mahalliy banklardagi hisobvaraqlaridan dollarlarni faol ravishda yechib olishdi. Norasmiy bozordagi dollarning pesoga nisbatan kursi rasmiysidan ikki barobar yuqorilab ketdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан