Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Armaniston bosh vaziri koronavirus yuqtirib oldi
1.06.2020 12:15,  
95

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanda koronavirus aniqlandi. Pashinyan bu haqda Facebook’dagi sahifasida jonli efir paytida ma’lum qildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u bilan birga Covid-19 uning butun oilasi tomonidan yuqtirilgan. Pashinyan va uning qarindoshlarida yuqori harorat yoki kasallik belgilari yo‘q.

"Menda hech qanday alomatlar yo‘q edi, ammo harbiy qismlarga tashrif buyurish rejasini inobatga olgan holda, men sinovdan o‘tdim va bu ijobiy bo‘ldi (ya’ni virus borligi tasdiqlandi). Oila a’zolarimning sinovlari ham ijobiy bo‘ldi", - dedi Pashinyan.

Uning fikriga ko‘ra, u seminar paytida koronavirus bilan kasallangan. U o‘z oilasi bilan yolg‘iz qolgan va uydan ishlashni davom ettirish niyatida.

Bugun, 1 iyun kuni Nikol Pashinyan 45 yoshga to‘ldi. U 2018 yildan beri arman hukumatiga rahbarlik qiladi. 

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra Armanistonda 9,282 koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 131 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан