Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtomobilida inson jasadi borligini aytib, davlat raqam belgisini yashirgan haydovchi aniqlandi
8.01.2021 11:58,  
1932

Joriy yilning 7 yanvar kuni Jizzax viloyati hududida joylashgan "Manas-14" muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan ushbu maskandan harakatlanib o‘tayotgan davlat raqam belgisi ustiga "Gruz-200" yozuvi yozilgan qog‘ozni yopishtirib olgan "Kobalt" rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi avtomobilda, ayrim sabablarga ko‘ra, inson jasadini olib ketayotganligini aytgan. Xolislar ishtirokida avtomobil saloni va yukxonasi tekshirilganda, haydovchining so‘zlari yolg‘on ekani, haydovchi yo‘llardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni me’yoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadida shu yolg‘onni o‘ylab topgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, orqa va old davlat raqam belgisi loy bilan berkitib olingan "Epika" rusumli transport vositasi to‘xtatilganda, ushbu avtomobil haydovchisi ham xuddi "Kobalt" haydovchisi kabi yo‘llardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni me’yoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadini ko‘zlagani ma’lum bo‘lgan.

Har ikkala avtomobil haydovchisiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi, 7.15-bandi (transport vositasida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari ko‘rinishini cheklaydigan, to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har xil buyumlar o‘rnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan bo‘lsa)da belgilangan talablarni buzganliklari bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismi (davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish) tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан