Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BAA Isroil bilan munosabatlarni to‘liq normallashtirishga kelishib olgan birinchi ko‘rfaz mamlakati bo‘ldi
13.08.2020 22:40,  
142

Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Qo‘shma Shtatlar bilan bo‘lib o‘tgan uch tomonlama bayonotga binoan munosabatlarni to‘liq normallashtirishga kelishib oldilar. Bitim shartlariga ko‘ra, tomonlar Falastin mojarosiga yechim izlaydilar va Isroil hozircha butun G‘arbiy Sohil ustidan suverenitetni e’lon qilmaydilar.

"AQSh Prezidenti Donald Tramp, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Abu Dabining valiahd shahzodasi va BAA oliy qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zayid bugun Isroil va BAA o‘rtasidagi munosabatlarni to‘liq normallashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar", - deyiladi Tramp tomonidan Tvitterda e’lon qilingan hujjatda.

 

"Tomonlar Isroil-Falastin mojarosining adolatli, keng qamrovli va doimiy yechimiga erishish uchun sa’y-harakatlarini davom ettiradilar", - deyiladi bayonotda. Shu bilan birga, Isroil G‘arbiy sohilda o‘z suverenitetini kengaytirish qarorini vaqtincha qoldirib turadi.

"Isroil "Tinchlik ko‘rinishi" hujjati bo‘yicha da’vo qilayotgan hududlar bo‘yicha suverenitetni e’lon qilishni to‘xtatmoqda va arab hamda musulmon dunyosidagi boshqa davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratmoqda", - deyiladi AQSh, Isroil va BAA rahbarlarining qo‘shma bayonotida.

O‘lik dengizning shimoli-g‘arbiy sohilidagi G‘arbiy Sohil qismi qisman tan olingan Falastin davlatiga tegishli. 2016 yil oxirida BMT Xavfsizlik Kengashi ushbu hududda turar-joylarni tugatishni talab qiluvchi rezolyusiyani qabul qildi, ammo 2017 yilda Isroil yahudiy ko‘chmanchilar uchun keng ko‘lamli qurilishlarga ruxsat berdi. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘arbiy Sohilning bu qismiga Isroil suverenitetini berishga va’da berdi. Yahudiy davlati rasmiylari bu haqda 1 iyul  kuni e’lon qilishni rejalashtirgan. Xalqaro hamjamiyat, bir necha davlatlardan tashqari, buni ilova sifatida qabul qildi va Isroilning harakatlarini oldindan qoraladi. Ammo qaror Yaqin Sharqda yana bir portlashdan qo‘rqqan Vashingtonning pozitsiyasi tufayli qoldirildi.

 

1948 yilda Isroil Davlati e’lon qilinganidan keyin va Arab davlatlari bilan qator harbiy mojarolar boshlanganidan beri bu bitim uchinchi Arab-Isroil tinchlik bitimi sanaladi. Misr bilan shartnoma 1979 yilda, Iordaniya bilan esa 1994 yilda imzolangan.

Kelgusi haftalarda Isroil va BAA delegatsiyalari investitsiya, turizm, havo qatnovi, xavfsizlik, telekommunikatsiya, energetika, sog‘liqni saqlash, madaniyat, atrof-muhit va ikkala mamlakatda elchixonalarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarni imzolashadi.

Qo‘shma bayonotga ko‘ra, BAA va Isroil AQShning "Yaqin Sharq uchun strategik rejasi" tashabbusiga qo‘shiladi.

Hozircha BAAning Isroildagi elchixonasi aynan qayerda ochilishi ma’lum emas. Aksariyat davlatlarning, jumladan O‘zbekistonning elchxonasi mamlakatning jahon hamjamiyati tomonidan rasman tan olingan poytaxti Tel-Avivda joylashgan. Biroq AQSh kabi qator mamlakatlar o‘z elchixonalarini Isroil tomonidan poytaxt deya tasniflanayotgan Quddusga ko‘chirgan.

BAA Davlat tashqi ishlar vaziri Anvar Gargash Isroil va Falastin o‘rtasida tinchlik bitimi imzolanmaguncha, mamlakat elchixonasi Quddusda joylashishiga umid qilmaslik kerakligini bildirdi. Isroil-Falastin tinchlik borasida bir to‘xtamga kelgach, BAA Isroildagi elchixonasini Quddusga ko‘chirsa, bu "Tinchlik bitimi" falastinliklarga tatirmikan?!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан