Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belarusda muxolifatning hibsga olinishiga qarshi namoyishlar yana boshlandi
20.06.2020 12:04,  
321

Belorusda prezident saylovi kampaniyasi paytida faollar va siyosatchilarning hibsga olinishiga qarshi noroziliklar qayta boshlandi. Bu haqda RBK nashri xabar bermoqda. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Gomel, Grodno, Mogilev, Vitebsk, Bobruysk, Baranovich va Minskda odamlar "birdamlik zanjiri" qatorlarini hosil qilishmoqda. 

Tut.by portalining xabar berishicha, Vitebskda bunday zanjir 300 m, Grodnoda - 1,5 km gacha cho‘zilgan.

Minskdagi "Viyasna" inson huquqlari markazining xabar berishicha, Minskda 40 dan ortiq odam hibsga olingan. Bundan tashqari, Bobruysk, Gomel, Vitebsk, Mogilev, Grodno va Novopolotskda hibsga olinganlar bor. Naviny.by xabariga ko‘ra, poytaxtda politsiya xodimlari prezidentlikka nomzodlardan biri uchun imzo to‘planayotgam Belarus davlat filarmoniyasi binosi yonida bir necha kishini hibsga olgan. Avval militsionerlar megafon orqali yig‘ilganlarni tadbirning noqonuniyligi to‘g‘risida ogohlantirdilar, so‘ng odamlarni filarmoniya oldidagi maydondan tarqatib yubordilar.

Minskda hibsga olinganlar orasida Ozodlik va Reuters jurnalistlari ham bor edi. Belarus Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Olga Chemodanova ularning ushlanish sabablarini izohlamadi. “Ular hujjatlarini tekshirib, qo‘yib yuborishadi. Bu texnik masala, buning uchun biriz vaqt kerak bo‘ladi ”, - dedi u TASSga.

Kecha Minsk markazida prezidentlik saylovoldi kampaniyasi paytida hibsga olinganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun birdamlik mitingi bo‘lib o‘tdi. Ozodlik radiosi xabariga ko‘ra, aksiyada 500 dan ortiq kishi ishtirok etgan, Nasha Niva nashriga ko‘ra esa 670 kishi.

18 iyun kuni Belarus hukumati prezidentlik saylovlarida prezident Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqiblaridan biri Viktor Babarikoni hibsga oldi. U guvohlarga ta’sir o‘tkazishga va ilgari sodir etilgan jinoyatlarning dalillarini yashirishga urinishda ayblanib, mol-mulki musodara qilingan. 2020 yil may oyining o‘rtalariga qadar Babariko "Gazprom" va "Gazprombank" 49,8 foiz aktsiyalariga ega bo‘lgan Belgazprombankni boshqargan. 11 iyun kuni moliya tashkilotining bosh idorasida tintuvlar o‘tkazildi, jinoiy yo‘l bilan olingan mablag‘larni legallashtirish va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.

Babariko hibsga olingandan so‘ng Belorus prezidentligiga ikki potensial nomzod - "Ozodlik uchun" harakatining rahbari Yuriy Gubarevich va musiqachi Aleksandr Tabolik saylov kampaniyasida qatnashishdan bosh tortishdi. Avvalroq, Liberal-demokratik partiyaning rahbari Oleg Gaidukevich va 8-mintaqadan yuk tashuvchilar uyushmasidan Natalya Kisel saylovlardan chetlatilgan edi.

Mamlakatda prezident saylovlari 9 avgustga belgilangan. 19 iyun prezidentlikka nomzodlarni ko‘rsatish uchun imzo to‘plashning oxirgi kuni edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан