Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belarusdagi namoyishlarda 600 kishi hibsga olindi
12.10.2020 11:24,  
146

Yakshanba kuni Belarusda tashkil etilgan “G‘urur marshi” aksiyalarida bir necha yuzlab kishilar hibsga olindi, deb xabar beradi “Vesna” (Bahor) inson huquqlari markazi. 12 oktyabr soat 06:00 (tshv) dan boshlab huquq himoyachilari qo‘lidagi ro‘yxatda Minsk va mamlakatning boshqa yirik shaharlari, jumladan Grodno, Brest, Vitebsk, Mogilev, Molodechno hamda Jlobindagi 586 kishining hibsga olingani haqida ma’lumot bor. Belarus ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, namoyishlarni bostirishdagi zo‘ravonlik darajasi avgust saylovlaridan keyingi namoyishlarni eslatgan.

Minskda hibsga olishlar mitingning rasmiy qismi boshlanishidan avval ham boshlangan, deb yozadi Tut.by: aniq hibsga olishlar marsh qatnashchilari to‘planadigan “Minsk – Qahramon shahar” stellasi yonida, shuningdek unga chiqadigan Pobediteley prospektida kuzatilgan. Aksiya boshlanganidan bir soat o‘tgach, stella yaqinida to‘qnashuvlar bo‘lib, xavfsizlik kuchlari bir necha o‘nlab odamlarni hibsga olgan.

Boshqa ommaviy hibslar keyinchalik Masherov xiyobonida, shuningdek, stelladan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda sodir bo‘ldi. Tut.by xabariga ko‘ra, namoyishchilarga qarshi avval suv purkagichlari, so‘ngra kaltaklar ishlatilgan. Keyinchalik ham, Pushkinskaya metro bekati yaqinida namoyishchilar OMON bilan to‘qnashib, yana hibsga olingan.

Minsk politsiyasi yakshanba kuni namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlar va shovqinli granatalardan foydalanilganligini tasdiqladi. Tut.by "11 avgustdan 12 avgustga o‘tar kechasi Belorus ko‘chalarida shuncha zo‘ravonlik bo‘lmagan edi", deb yozadi.

Yakshanba mitingi jurnalistlarni ommaviy ravishda hibsga olish bilan ham birga bo‘ldi. Belorus Jurnalistlar uyushmasi Minsk, Brest, Gomel, Grodno, Vitebsk va Mogilevdagi 40 dan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlarining hibsga olinishi haqida xabar berdi. TASSning Minskdagi muxbirlari ikki marta hibsga olingan, ammo ko‘p o‘tmay ularning hujjatlari tekshirilgandan so‘ng qo‘yib yuborilgan. Boshqa jurnalistlar bir necha soat davomida politsiya bo‘limida bo‘lishdi, deb yozadi Tut.by. Politsiya Belsat telekanali muxbiriga amaldorga bo‘ysunmaslik protokolini tuzdi.

Bundan tashqari, “Oq xalat” jamiyati bir nechta Qizil Xoch ko‘ngillilari hibsga olingani haqida xabar berdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан