Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bir yillik gunohlarga kafforat, bir yillik baraka beriladigan Ashuro kuni yaqinlashmoqda
25.08.2020 15:11,  
6163

O‘zbekiston musulmonlar idorasining ma’lum qilishicha, 2020 yilning 20 avgust kuni – yangi 1442 hijriy yil – Muharram oyi boshlanishining 1 kunidir. Ashuro kuni 2020 yilning 29 avgust, shanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Muharram oyi qanday oy? Muharram oyi – musulmonlar taqvimining birinchi oyidir. Bu oy Alloh taolo urush, qon to‘kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa’da, Muharram, Rajab) to‘rt oyning biri bo‘lib, uning o‘ninchi kuni ya’ni, ashuro kuni alohida fazilatlarga ega.

Ashuro qanday kun? Bu kun haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu bois Muso alayhissalom bu kunda ro‘za tutgan. Men Musoga ko‘proq (yaqin bo‘lishga) haqliroqman», dedilar va u kunda ro‘za tutib, odamlarni ham uning ro‘zasini tutishga buyurdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ashuro kunining ro‘zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi», deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Bu kun yaqinlarga kengchilik qilish, bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi. Abu Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi», dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: «Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko‘rdim», deganlar.

Ashuro kunini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday o‘tkazardilar? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kunni o‘tkazib yubormaslik uchun qattiq harakat qilardilar, uning savobiga erishish uchun bu kunning kelishini intiqlik bilan kutardilar. Bu haqda Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ashuro kuni ro‘zasini boshqasidan afzal ko‘rib, sog‘inib, Ramazon oyi ro‘zasini kutib sog‘ingandek, boshqa kun va oy ro‘zasini kutganlarini ko‘rmadim» (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro‘zasini tutib, odamlarni ham bu kunning ro‘zasini tutishga buyurganlarida, sahobalar: «Yo, Rasululloh! Bu kun yahudiy va nasroniylar ulug‘laydigan kunku!» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh xohlasa kelasi yil to‘qqizinchi kuni ham tutamiz», dedilar. Ammo, kelasi yil kelmasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar (Imom Muslim rivoyati).

Ulamolarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu niyatlariga e’tiboran, Ashuro kuniga qo‘shib bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro‘za tutmoq afzal deydilar.

Alloh taolo ushbu oyning fazilatlaridan barcha mo‘min-musulmonlarni to‘liq bahramand etsin. O‘zining roziligini topadigan amallarda bardavom qilsin.

Davron NURMUHAMMAD

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан