Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bishkeklik namoyishchilar Oq uyni egallab oldi. Sobiq prezident Atambayev qamoqdan ozod etildi. Nimalar bo‘lyapti Qirg‘izistonda?
6.10.2020 08:21,  
1725

Qirg‘izistonda yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan norozi aholi dushanba kuni Bishkekda norozilik namoyishi tashkillashtirgan edi. 

Politsiya bir necha marotaba namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun suv, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqini granatalardan foydalandi. 

Namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi soat 20:00 dan beri davom etib kelayotgan qarama-qarshilik parlament binosi va prezident ma’muriyati joylashgan Oq uyni egallab olish bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda 24.kg va RIA Novosti. 

Respublikaning qonun chiqaruvchi organi tarkibiga kirmagan partiyalar tarafdorlari yuk mashinasi bilan darvozani urib, keyin tezda ichkariga kirishdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashinalar karvoni bir necha daqiqa oldin parlament binosidan chiqib ketgan.

Oq uyga bostirib kirgan odamlar: "Uni buzmanglar" deya bir-birlarini parlament binosini talon-taroj qilmaslikka chaqirgan.

Foto: 24.kg

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, respublikaning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Qodir Atambayev namoyishchilar bilan birga binoga kirgan.

Hududda xavfsizlik xizmati xodimlari yo‘q. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Prezident Sooronbay Jeyenbekov janubga uchib ketgan. Davlat rahbari devoni rahbari Dosali Esenaliyev, matbuot kotibi Tolg‘onay Stamaliyevada izoh berish imkoniyati hozircha mavjud emas.

Namoyishchilar, shuningdek, mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hibsxonasining eshiklarini buzishdi va muzokaralardan so‘ng respublikaning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev va sobiq Bosh vazir Sapar Isakovni ozod qilishdi.

5 oktyabr kuni ertalab mamlakat parlamentiga kirmagan partiyalarning ikki mingga yaqin tarafdorlari Bishkek markazida norozilik namoyishini boshlashdi. Ular saylov natijalarini bekor qilishni va qaytadan ovoz berishni talab qilishdi. Kechqurun namoyishchilar o‘zlarini tayoq, armatura va toshlar bilan qurollanib, temir panjara qismlaridan to‘siqlar o‘rnatishni boshladilar.

Respublika IIVning ta’kidlashicha, politsiya faollarni ularning tajovuzkor xatti-harakatlari sababli tarqata boshladi.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 120 dan ortiq odam kasalxonalarga yetkazilgan, ba’zilarining ahvoli og‘ir. Kasalxonaga yotqizilganlarning taxminan yarmi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridir.

Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Seyitbek Atambayev "Qirg‘iziston sotsial-demokratlari" partiyasi liderlaridan biri.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан