Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuror o‘rinbosari Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilganini tasdiqladi (video)
14.02.2020 19:27,  
5810

2005 yilning 13 may kuni Andijonda yuz bergan qonli voqealarda tinch aholi vakillariga o‘q uzilgan. Bu haqda O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova “Qalampir.uz”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Quyida Svetlana Ortiqovaning nashr muxbirining savollariga bergan javoblari keltiriladi.

— Andijon voqealarida davlat harbiylari tinch aholiga nisbatan o‘q uzganmi?

— Ba’zi bir jihatlar orqali qurolni ishlatish nomutanosib bo‘lgan.

— Ya’ni tayyorgarligi bo‘lmagan?

— Aloqa vositalari shir-shir bo‘lgan. Vaqtida aytilgan, joy ochilgan, Qirg‘izistonga chiqib ketishsin ular deyilgan. Aloqa vositalari yaxshi ishlamagan. Vaqtida komandir u yo bu topshiriqni anglamagan. Tayyorgarlik bo‘lmagan. Sabablar ko‘p.

— ...va bo‘lib o‘tgan. Tinch aholiga nisbatan o‘q uzilgani haqidagi gaplar ham haqiqatga yaqin.

— Albatta. Shuning uchun ham o‘sha odamlar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Buni ham ovoza qilganman. Hatto jazosini o‘tab kelib, tinch hayotda yashashyapti.

— Ular lavozimdagilarmi?

— Lavozimdagilar ham bor edi. Qancha kishi lavozimidan judo bo‘lgan. Bizning ham xatomiz bor edi va Ortiqova o‘sha vaqtlarda har bir hisobotni “Bizning ham xatomiz bor edi” degan gap bilan boshlardi.

“Albatta, o‘sha vaqtda juda qiyin ahvol bo‘lgan. Hozir bu voqealarni eslasam, erkak kishi bo‘lsangiz ham yig‘lab yuborasiz.

Bu bilan nima demoqchiman: agar men o‘zimning gapimga ishonmasam, agar men qonunga tayanmasam, Konstitutsiya meni negizim va hayotim bo‘lmasa, men hech qachon gapirmayman va maydonga chiqmayman. Men o‘zim tergovda qatnashganman, Andijonga borib, o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, ayblanuvchilar bilan gaplashganman, jabrlanuvchilar bilan gaplashganman, bevosita tergov jarayonida qatnashgan ayol sifatida aytamanki, haqiqatan bu terroristik xuruj edi”, — deydi Svetlana Ortiqova o‘sha kunni xotirlab.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Andijondagi tartibsizliklar oqibatida 187 kishi halok bo‘lgan. Shundan 60 nafari tinch aholi vakillari (ularning ichida ikki nafar voyaga yetmaganlar va bir nafari ayol) edi.

287 nafar kishi, jumladan, 91 nafar tinch aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va 59 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан