Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Britaniya tanklardan butunlay voz kechishga tayyorlanmoqda
26.08.2020 11:42,  
384

Birinchi jahon urushida dunyoda birinchi bo‘lib tanklarni yaratgan Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib ularni butunlay voz kechgan mamlakat bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Times . Buyuk Britaniya hukumati Challenger-2 tanklarini modernizatsiya qilishga sarflanadigan mablag‘ni kiber qurol va kosmik texnologiyalarni rivojlantirishga sarflanishni yaxshiroq deb hisoblaydi.

Hozirda Britaniya armiyasi 227 ta Challenger-2 tanklari va 388 ta Britaniya ishlab chiqargan Warrior og‘ir piyoda jangovar texnikalariga (BMP) ega. The Times nashrining yozishicha, ularni modernizatsiya qilish uchun katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Mudofaa vazirligi ushbu texnikani eskirgan deb hisoblaydi va robot jangovar tizimlari, kosmik va boshqa zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga sarmoya kiritgan ma’qul, deb yozadi gazeta.

Yakuniy qaror harbiy doiralarda muhokama qilinmoqda va hozircha qabul qilinmagan, turli xil variantlar ko‘rib chiqilmoqda, jumladan yuqorida ko‘rsatilgan tanklar va BMPlarni modernizatsiya qilish, shuningdek, Germaniyadan Leopard-2 tanklarini sotib olish. Agar Challenger tanklari rad etilsa, ularning hammasi konservatsiya qilinadi va saqlash bazalariga yuboriladi.

Buyuk Britaniya harbiy kuchlarini modernizatsiya qilish haqidagi munozaralar Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan ko‘p o‘tmay boshlandi. The Times'ning ta’kidlashicha, tanklar va boshqa og‘ir zirhli transport vositalaridan voz kechgan taqdirda, NATO tarkibiga kirgan holda, hujum aviatsiyasining yetakchisiga aylanishi mumkin.

Biroq bunga qarshi fikrlar ham bor. Dalillardan biri - tanklarning rad etilishi Britaniya qo‘shinlarini jang maydonida an’anaviy qo‘llab-quvvatlashdan mahrum qiladi, ikkinchisi - mamlakat NATOda tanklari bo‘lgan Polsha va Vengriyadan ko‘ra zaifroq ko‘rinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан