Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Britaniya yana 90 mln. dona koronavirus vaksinasi uchun shartnoma imzoladi
20.07.2020 16:05,  
464

Buyuk Britaniya rasmiylari farmatsevtika giganti Pfizer va boshqalar tomonidan ishlab chiqariladigan 90 million koronavirus vaksinasi dozasini sotib olish shartnoma imzoladi

Britaniya hukumati o‘z bayonotida Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan vaksina variantiga, shuningdek Valneva tomonidan o‘tkazilgan boshqa eksperimental vaksinalardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritganligini aytdi.

Buyuk Britaniya bundan oldin AstraZeneca bilan Oksford universitetida sinovdan o‘tkaziladigan koronavirus vaksinasining 100 million dozasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolagan edi. Keyingi natijalar dushanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Millionlab odamlarni koronavirusga qarshi emlash mumkin bo‘ladi", deyiladi hukumat bayonotida, hozirda sarmoya kiritilgan uchta turli vaksinalarga ishora qilgan holda.

AstraZeneca tomonidan yaratilgan va hali sinovlardan to‘liq o‘tmagan vaksinani sinovlar tugashi bilan Rossiyaning R-Pharm shirkati ishlab chiqaradi. R-Pharm vaksinani 30 dan ortiq mamlakat, jumladan birinchi galda MDH davlatlariga eksport qilish rejalari haqida xabar bergan edi.

Rossiya kompaniyasi COVID-19 uchun Oksford vaksinasini ishlab chiqarishga qaror qildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан