Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil ijodiy imtihonlar qoldirilishi mumkin
20.07.2020 18:37,  
437

Ijodiy imtihonlar qoldirilishi mumkin, lekin hali so‘nggi xulosa berilganicha yo‘q. Bu haqida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti prorektori Alisher Matyoqubov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

— Hozircha o‘zgarish yo‘q, lekin, bugungi jarayonni inobatga olgan holda bu masala ham ko‘rib chiqildi va shunday xulosa ham qilindi. Biroq hali rasman e’lon qilingani yo‘q. Bundan qo‘rqmaslik kerak. O‘tgan yili bizda uchta blokdan imtihon topshirilgan edi. Ya’ni, ona-tili adabiyot, ikkinchi blok ijodiy va chet tili edi. Agar ijodiy imtihon bo‘lmasa ona-tili va chet tilidan imtihon topshiriladi. Hozir pandemiya sharoitida ijodiy imtihonning tashkiliy jihati muammo tug‘diryapti. Menimcha, bu yil ijodiy imtihonlar qoldiriladi, – dedi Alisher Matyoqubov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан