Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha Xitoy fuqarosi borligi ma’lum qilindi
17.02.2020 10:46,  
1060

Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar oyidan 14 fevralgacha bo‘lgan muddatda Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekistonga kelgan 4 305 nafar fuqarolar ro‘yxati olingan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi ma’lumotida aytilgan.

Xitoydan kelganlarning 3 058 nafarida 14 kunlik tibbiy kuzatuv davri yakunlangan bo‘lib, bugungi kunda 634 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston hududida jami 495 ta Xitoy Xalq Respublikasi bilan qo‘shma korxonalar mavjud bo‘lib, bugungi kunda ushbu qo‘shma korxonalarda 2 845 nafar xitoylik fuqarolar faoliyat olib bormoqda.

Xitoy Xalq Respublikasida yangi yil bayramini o‘tkazib bugungi kunda respublikamiz hududiga qaytib kelayotgan Xitoylik fuqarolarni (o‘rta hisobda kuniga 30-40 nafar) boradigan manziliga aniqlik kiritilib, korxonalar va mehmonxonalarda kelgan kunidan boshlab 14 kun mobaynida tibbiy kuzatuv ostiga olinmoqda.

MAVZUGA DOIR: Koronavirus banandan yuqishi to‘g‘risidagi mish-mishlar qaysi davlatdan tarqalgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 1-14 fevral kunlari davomida 451 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari respublika hududiga kirib kelgan va ular o‘rtasida kasallik aniqlanmagan (tibbiy kuzatuv olib borilmoqda).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан