Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorodagi 7 ta tarixiy ob’yekt YuNESKO ro‘yxatiga kiritilishi mumkin
7.08.2020 20:00,  
606

Buxorodagi 7 ta madaniy meros ob’yekti YuNESKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga nomzod sifatida taqdim etilmoqda. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda.

 Buxoro viloyatida ayni paytda 829 ta moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat muhofazasiga olingan.

Shundan, 287 tasi arxeologiya yodgorliklari, 507 tasi arxitektura ob’yektlari, 17 tasi monumental san’at hamda 18 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.

Viloyat madaniy meros boshqarmasining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, YuNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar institutini jalb qilgan holda “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi va Qoraqum yo‘nalishi” (O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) chegeralararo obidalari qatorida Buxoro viloyatida joylashgan Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Vobkent minorasi va Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura ob’yektlari hamda qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlarini YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha xalqaro mezonlar asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda.

Bu esa YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’yektlar sonining ortishiga va respublikamizga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан