Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorodagi Shuxov minorasi turistlar uchun ochildi
26.03.2019 12:26,  
91

Buxoroda 1920 yillarda arxitektor shahar aholisini suv bilan ta’minlash uchun qurilgan suv bosimi minorasi endi turistlar tomoshagohiga aylandi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Turizm qo‘mitasi xabarida aytilishiga ko‘ra, minoraning birinchi qavatida kafe va axborot markazi, ikkinchi qavatida restoran va uchinchi qavatida tomosha maydonchasi barpo etiladi.Minora ustiga chiiish qulay bo‘lishi uchun uning yonida kichik lift ham qurilgan. 

Ushbu minora salkam 100 yil oldin mashhur ixtirochi va arxitektor Vladimir Shuxov loyihasi bo‘yicha qurilgan. Minoraning ustki qismi  giperboloid shaklida tutashtirilgan yuzlab ingichka temir bo‘lalaridan tashkil topgan.

Shaharning qoq o‘rtasida, Ark qalasi darvozasining qarshisida joylashgan balandligi 33 metrli minora haqiqatdan ham turistlar uchun qiziqarli tomosha maydonchasiga aylanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан