Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorodan Rossiya shaharlariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
20.02.2018 17:39,  
72

Buxorodan Rossiya shaharlariga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida hududda yo‘lovchi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar bilan ham tanishdi.

"Yo‘lovchi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish rejasiga ko‘ra, katta sig‘imli avtobuslar sotib olinadi. Buxorodan Rossiyaning Ufa, Rostov-Don, Sankt-Peterburg, Moskva va boshqa shaharlariga avtobus yo‘nalishlari ochiladi", — deyiladi O‘zA xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari 2000 yil may oyida xalqaro avtomobil qatnovlari, jumladan avtobus qatnovlarini tartibga soluvchi kelishuvni imzolagan. Ammo hozirda ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmagan.

O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat qilish uchun boradigan fuqarolar yo‘l kira haqi arzonligi uchun avtobusda ketishni ma’qul ko‘rishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан